Главная » Все новости

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini amaliyotga joriy etish

13.06.2017

2017 yilning 12-13 iyun kunlari Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 61-sonli umumta'lim maktabida aniq va estetika fanlari bo'yicha "Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini amaliyotga joriy etish" mavzusida o'quv amaliy-seminar tashkil etilmoqda. O'quv-seminarning asosiy mavzusi: "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standarti va uning maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, joriy etish va nazorat qilish tartibi", "Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187 sonli qaror bilan tasdiqlangan davlat ta'lim standartining avvalgi standartlardan farqi", "Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaroriga asosan umumiy o'rta ta'lim to'g'risida Nizom qabul qilingani to'g'risida". Yuqoridagi mavzular bo'yicha ikki kunlik seminar davom etmoqda.